Qarshida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sport musobaqalari boshlandi

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimi Qarshi davlat universitetida boʻlib oʻtdi.
Unda soʻzga chiqqanlar tomonidan ushbu olimpiada yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, sportchi yoshlarni saralash va ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
— Musobaqa mamlakatimizdagi 147 ta oliy taʼlim muassasasining 440 mingdan oshiq talabalarini qamrab oldi, — deydi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Alisher Islomov. — Ishtirokchilar dastlab guruhlararo saralangan boʻlsa, soʻng fakultetlararo, universitetlararo va hududiy bosqichlarda oʻzaro raqobatlashib, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 574 nafar talaba finalga yetib kelishdi. Endi ular sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha musobaqaning mutlaq gʻolibligi uchun bahslarga kirishishadi.
Barcha bellashuvlar Qarshi davlat universiteti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sport majmualarida oʻtkazilmoqda.
Musobaqa joriy yilning 13-dekabr kuni yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring