Qariyalar nima uchun koʻproq velosiped haydashi kerak?
Arxiv foto
Yaponiyalik olimlar keksalik yoshida velosipedda sayr qilish va oʻlim xavfining kamayishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari “Transportation Research Part F: Traffic Psychology and Behaviour” jurnalida chop etilgan.
Tahlil 2013-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrda keksa yaponlarning salomatligi va jismoniy faolligi haqidagi maʼlumotlarni qamrab oldi. Maʼlum boʻlishicha, kuzatuvlarning boshida muntazam ravishda velosiped haydashni boshlagan ishtirokchilar keyingi yillarda organizm faoliyatidagi buzilishlarga kamroq duch kelishgan.
Salomatlik uchun eng katta yaxshilanish velosipedda sayr qilishni muntazam davom ettirgan yoki buni keyinroq boshlaganlarda kuzatildi. Ayniqsa, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi odamlar orasida sezilarli samara qayd etildi.
Tadqiqot mualliflarining xulosasiga koʻra, velosipedda sayr qilish jismoniy faollikni saqlash va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi. Ular keksa yoshdagi aholi oʻrtasida velosipedda sayohat qilish xavfsizligi va jozibadorligini oshirish maqsadida velosipedlar uchun infratuzilmani rivojlantirish muhimligini taʼkidlaydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring