“Qamchiq” dovonida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi

11:29 16 Aprel 2022 Jamiyat
689 0

Joriy yilning 15 aprel kuni soat 17:22 da “Qamchiq” maxsus qidiruv yongʻin qutqaruv boshqarmasiga A-373 «M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh avtomobil yoʻlining 196 km.da, “Toshkent — Vodiy” yoʻnalishda harakatlangan, Qirgʻiziston Respublikasiga qarashli CHAKMAN rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqqa urilib, qarama-qarshi yoʻnalishning bir qismiga yonboshlab qolgani va yoʻlning harakat qismini toʻsib qoʻyganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari, YPX va «Qamchiqavtoyoʻl» IYFUK xodimlari yetib kelishgan.

Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz boʻlgan, haydovchi (avtomashinada haydovchining oʻzi boʻlgan) Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari toʻliq bartaraf etilib, yoʻl-patrul xizmati xodimlari avtomobillarning xavfsiz harakati taʼminlangan.

Yoʻllarda harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrish soʻralmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?