Qamchiq dovonida yirik sayyohlik loyihasi amalga oshiriladi
Osmonoʻpar togʻlar egallagan Qamchiq dovoni oʻzining betakror tabiati va diltortar manzaralari bilan fayzli. Bu yerdan oʻtgan Fargʻona vodiysi va poytaxtni bogʻlovchi trassaning Namangan viloyati tasarrufidagi qismida zamonaviy kanat yoʻli va yirik dam olish majmuasi qurilishi boshlanmoqda.
Loyiha umumiy maydoni 90 gektarni tashkil etadi. Hudud sayyohlik tizimida yangi bosqichni boshlab beruvchi mazkur loyiha Avstriya va Shveysariyaning mashhur “Doppelmayr / Garaventa Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Jahonda oʻz oʻrniga ega ushbu kompaniya hozirga qadar dunyo boʻyicha 96 ta davlatda 15 mingdan ortiq kanat yoʻllarini barpo etgan.
Kecha Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzokov “Doppelmayr / Garaventa Group” vakillari — Johannes Triyebnik, Valeriy Yashin va Yevgeniy Kuprin bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida loyihaning texnik tafsilotlari, iqtisodiy samarasi hamda hudud uchun strategik ahamiyati muhokama qilindi.
— Namanganning tabiati turizm uchun allaqachon tayyor edi, endi unga munosib infratuzilma kerak, xolos. Bugun odamlar Qamchiqdan yoʻlovchi sifatida oʻtishadi, biz esa ertaga bu joyda dam olish istagini uygʻotamiz, — deydi viloyat rahbari.
Loyiha mahalliy tashabbuskori va moliyachisi — namanganlik yirik tadbirkor, “Aisha group” kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamolitdinov hisoblanadi. Katta ish amalga oshishi bilan Namangan viloyati nafaqat vodiyda, balki butun Markaziy Osiyoda togʻ turizmining yangi markaziga aylanishi kutilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring