“Qamchiq” dovonida 9 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
Joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 22:30larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 247-248-kilometrlar oraligʻida, “Volvo“ rusumli yuk avtomobili oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan ”Matiz“, ”Cobalt“, ”Isuzu“ yuk avtomobili, ”Nexia-2», ”Cobalt“, «MAN“ yuk avtomobili, ”Cobalt“ va ”Spark” avtomobillari bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Toʻqnashuv natijasida, 3 ta “Cobalt“, ”Spark” hamda yuk avtomobillarida yongʻin kelib chiqqan va voqea joyida 3 nafar fuqarolar vafot etgan. Avtomobillar salonida boʻlgan 7 nafar yoʻlovchilar tan jarohati olib, Toshkent viloyati, Angren shahri hamda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.
Barcha haydovchilardan yoʻllarda qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini soʻraymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring