Qalin tuman “Toshkent” aeroporti faoliyatini bir necha soatga cheklab qoʻydi
Ertalab soat 7:00 dan boshlab Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti — tuman tushishi hamda koʻrinish 100 metrgacha pasayib ketganligi sababli 10 dan ortiq reyslar kechiktirildi. Ob-havo sharoiti soat 11 ga yaqin yaxshilandi. Aeroport reyslarni qabul qilish va joʻnatishni boshladi.
Xususan, yetib kelish aeroportidagi ob-havo sharoiti tufayli Turkish Airlines kompaniyasining TK-368 reysi Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha kechikish bilan uchdi.
Jadvalga koʻra, bort soat 07:55 da qoʻnishi lozim edi, ammo kechikish sababli samolyot Toshkentga 11:45 da yetib keldi. Shu sababli, TK-369 ning Istanbulga qaytish reysi Toshkentdan kechikish bilan — dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 10 ta reysi kechiktirildi, hususan: HY-051 Toshkent – Urganch, HY-011 Toshkent – Nukus, HY-603 Toshkent – Moskva, HY-271 Toshkent – Istanbul, HY-779 Toshkent – Bishkek, HY-333 Toshkent – Dubay , HY-5311 Toshkent - Jidda, HY-231 Toshkent - Frankfurt, HY-717 Toshkent - Dushanbe va HY-341 Toshkent - Sharm al-Shayx. Ayni damda barcha kechiktirilgan reyslar “Toshkent” aeroportidan manzilga qarab uchib ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring