“Qalʼai Sheron”dan fotoreportaj
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Afsonaviy “Qalʼai Sheron”, yaʼni “Sherlar qalʼasi” darasi Hisor togʻ tizmalari bagʻrida, “Hisor” davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgan.
Daraga kelish uchun hech bir ulov yura olmaydigan togʻ choʻqqilari osha kamida 5-6 soatlik yoʻlni piyoda bosib oʻtish lozim. Shundan soʻng uzunligi qariyb 15 kilometrni tashkil qiladigan ulkan dara namoyon boʻladi.

Daraning haybati bilan bir qatorda, bu yerdagi turli buloqlar, sharsharalar, nabotot olami kishini oʻziga maftun etadi. Xususan, daradagi “Baytal dumi” va “Hoʻkiz burun” sharsharalari juda mashhur.
Mahalliy aholi “Baytal dumi” deb ataydigan sharshara 200 metr balandlikdagi qoyadan otilib tushadi. Sharsharaning bunday nomlanishiga asos bor. Chunki, tepalikdan tushayotgan son-sanoqsiz suv zarralari shamolda ot dumining hilpirashiga oʻxshash manzara hosil qiladi.

“Hoʻkiz burun” sharsharasi yanada fusunkor. 35 metr balandlikdagi tik qoyaning hoʻkiz burniga oʻxshovchi ikkita tirqishidan otilib chiqayotgan mazkur sharshara koʻrinishiga monand “Hoʻkizburun” deb ataladi.

Sharsharadan otilib tushayotgan suv mavjlanib, kamalaksimon tovlanadi va turfa tusda olis-olislardan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Uni bir bor koʻrgan odam yana chiroyidan, taʼmi yoqimli suvidan bahra olgisi kelaveradi.

Biz “Qalʼai Sheron”ning moʻjizakor tabiatini fotokameramizga muhrlashga harakat qildik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring