Qaysi sohada maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni eng koʻp?

“Fiskal tahlillar” portali Oʻzbekistonda maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar haqida maʼlumotlarni ochiqladi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 1-avgust holatiga maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni 196 ming 702 tani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 % koʻp deganidir.
“Fiskal tahlillar” portalining qayd etishicha, eng koʻp QQS toʻlovchilar savdo sohasida hisoblanadi. Maʼlum boʻlishicha, savdo sektorida 63,6 ming ta, qishloq xoʻjaligi 47,3 ming ta va sanoat sohasida 27,2 ming ta qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlovchi shaxslar roʻyxatga olingan.
QQS toʻlovchilarining yuqori oʻsish surʼatlari transport sohasida kuzatilgan. Buni ushbu sohaning 17,3% oʻsganligi eng yuqori natija boʻlsa, xizmat koʻrsatish sohasida 10,5% yuqorilashish kuzatilgan. Kuchli uchlikni esa axborot va aloqa sohasida boʻlib, bu oʻsish 8,7% ni tashkil etmoqda.
Avvalroq, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan qonunbuzarlar qoʻlga tushgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring