Qaysi shaharlarda eng koʻp milliarderlar yashaydi?

“Forbes” jurnali dunyodagi eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingini eʼlon qildi. Bu haqida “Finance” nashri xabar berdi.
Jurnal maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingida birinchi oʻrinni Nyu-York egallagan. Maʼlum boʻlishicha, shaharda jami 123 nafar milliarder yashaydi. Nyu-York shahrining sobiq meri, tadbirkor Maykl Blumberg ular orasida 105 milliard dollar boyligi bilan birinchi oʻrinda qayd etilgan.
Shuningdek, Rossiya poytaxti Moskva shahri ikkinchi oʻringa koʻtarilgan. Shaharda 90 nafar milliarder istiqomat qilishi aniqlangan. Ortda qolgan bir yil davomida ularning soni 16 nafarga koʻpaygan. Moskva shahrida yashovchi milliarderlarning umumiy boyligi 409 milliard dollarga teng ekanligi aytilgan. Ular orasidagi eng boy moskvalik, “Lukoyl” asoschisi Vagit Alekperov hisoblanib, uning boyligi 28,7 milliard dollarga teng.
Mazkur reytingning uchinchi pogʻonasidan Gonkong shahri joy olgan. Shaharda 72 nafar milliarder yashashi maʼlum qilingan.
Bundan tashqari, eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingida 4-oʻrinda London, 5-oʻrinda Pekin, 6-oʻrinda Mumbay, 7-oʻrinda Singapur, 8-oʻrinda Shanxay, 9-oʻrinda San-Fransisko hamda 10-oʻrinda Los-Anjeles shaharlari qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring