“Xalq soʻzi” tanqididan soʻng: Qadimiy qabr yonidagi hojatxona buzib tashlandi. Koʻhna uy esa madaniy meros roʻyxatiga kiritiladi

Bugun onlayn nashrimizda “Qadimiy qabr yonidagi hojatxona. Yoxud manqurtlikning bir koʻrinishi” nomli maqolasini e'lon qilgandik. Material ijtimoiy tarmoqlarda ham katta aks-sado berdi.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi ushbu maqola boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.
«Maqolada Buxoro shahrining Saodat koʻchasida joylashgan, manbalarda XI asrda yashab oʻtgani qayd etilgan Xoʻja Halimiddin Dehmuniyning qabri yaqinida 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining ishchilar uchun moʻljallangan hojatxonasi qurilganligi aytib oʻtilgan.
Holat yuzasida viloyat hokimi oʻrinbosari B.Shahriyorov, Buxoro shahar hokimi Oʻ.Jumayev hamda viloyat madaniy meros boshqarmasi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi, viloyat musulmonlar idorasi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan darhol joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish natijasida qabr yaqinida joylashgan hojatxonani bartaraf etishga kelishildi va mazkur hojatxona shu kunning oʻzida buzib tashlandi.
Shuningdek, maqolada mazkur maktabgacha taʼlim muassasasi yonida qadimiy hovli joylashganligi va bu qadimiy uy qarovsizlik oqibatida tutday toʻkilib ketganligi aytib oʻtilgan.
Mazkur qadimiy hovli-joy ham masʼullar tomonidan koʻzdan kechirilib, hovlini moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi deyiladi ushbu munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring