Qadimgi Xitoyda kosmetika sanoati rivojlangani aniqlandi
Arxeologlarning taʼkidlashicha, qadimgi Xitoyda kosmetika sanoati rivojlangan. Pardoz-andoz qadimda ham aksariyat aholi uchun muhim boʻlgan.
Gap shundaki olimlar eramizning 618-907-yillarida kosmetika ishlab chiqarilganligi haqidagi dalillarni topdilar. Qadimgi xitoyliklarning mahsulot assortimenti hayvonlarning yogʻiga asoslangan terini namlovchi vositalar va qoshlarni mustahkamlovchi vositalardan iborat boʻlgan. Ushbu mahsulotlardan Tan sulolasining zodagon odamlari foydalangan.
Tadqiqot davomida arxeologlar Tan sulolasining qadimiy poytaxti Sian shahridagi bir necha ming qabrlarni tahlil qilishdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, oʻsha davrda xitoyliklar nafaqat yangi kosmetik retseptlarini ishlab chiqqan, balki mavjudlarini ham takomillashtirishgan.
Arxeologlar nafaqat terini parvarish qilish vositalari, balki dekorativ kosmetika izlarini ham topdilar. Tan sulolasi vakillari lab boʻyogʻining analoglaridan faol foydalanishgan. Qoshlar uchun mahsulot sifatida grafit rudasidan foydalanishgan.
Biroq, baʼzi mahsulotlarga simob ham aralashgan. Bunday birikmalar salomatlik uchun xavfli hisoblanadi.
“Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Xitoyda Tan sulolasi davrida kosmetika xilma-xil boʻlgan va ularni ishlab chiqarishda turli xil xom ashyolardan, jumladan, oʻsimliklar, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan”, deyiladi tadqiqotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring