Putin sulhga rozilik beradimi?

17:50 13 Mart 2025 Dunyo
196 0

Arxiv foto

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni toʻxtatish doirasidagi sulhga bugun javob berishi mumkin.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, Putin Moskvada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvdan soʻng qoʻshma matbuot anjumanidan ishtirok etadi. Ayni shu tadbirda Putin Ukraina haqida gapirishi mumkin. Shunday qilib, Rossiya tomonidan AQSH va Ukraina taklifiga munosabat bildirish toʻgʻrisida qaror allaqachon qabul qilingan.

“Putin Rossiyaning Belarus bilan munosabatlariga taalluqli boʻlmagan mavzularga ham izoh beradimi?”, degan savolga Peskov hamma narsa jurnalistlarning savollariga bogʻliq ekanligini aytgan.

“Bild” nashriga koʻra, sulhga “ha” degan javobni olish oson emas. Kecha Putinning Kursk viloyatida paydo boʻlishi shundan dalolat beradiki, u bu hududni butunlay qaytarib olishga chaqirdi va shu bilan birga asirga olingan ukrainalik askarlar terrorchi sifatida koʻrilishini eʼlon qildi. Bundan tashqari, “Bloomberg”, “Reuters” va boshqa nashrlar oʻz manbalariga tayanib, Rossiya sulhga bir qator shartlarni qoʻyishi mumkinligini yozdi.

Vladimir Zelenskiy ham oʻz ittifoqchilarini Moskvaga bosim oʻtkazishga chaqirdi.

“Biz tinchlik sari harakat qilishimiz kerak. Xavfsizlik kafolatlarini yaratishimiz kerak, xalqimizni ozod qilishimiz kerak. Eng muhimi, sheriklarimizning Rossiya aldashiga emas, balki urushni tugatishga tayyor boʻlishini taʼminlash kerak”, — degan Zelenskiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер