Putin Yevropa rahbarlarini “choʻchqa” deb haqoratladi

18:33 18 Dekabr 2025 Dunyo
438 0

Kreml rahbari agar Kiyev va Gʻarb hozirgi tinchlik muzokaralarida uning talablarini rad etsa, Ukrainaga yangi zarbalar berish bilan tahdid qildi.

“Agar ular chuqur muzokaralarni xohlamasalar, unda Rossiya oʻzining tarixiy yerlarini jang maydonida ozod qiladi”, — degan Putin oʻz nutqida.

Putin oʻz nutqida Yevropa rahbarlarini “choʻchqa” deb atagan. Prezident hamma Rossiya Federatsiyasi qisqa vaqt ichida qulab tushishiga ishonganligi va Yevropaliklar Rossiya parchalanishidan foyda koʻrishga harakat qilib, oldingi AQSH maʼmuriyati bilan ish olib borganligini qoʻshimcha qilgan.

Putinning soʻzlariga koʻra, Tramp maʼmuriyati tinch yoʻl bilan qaror qabul qilishga tayyorligini namoyish etgan va Yevropada endi bunday imkoniyat yoʻq. Kreml Qrimni va Ukraina sharqidagi barcha bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olishni, shuningdek, chegara boʻylab bufer xavfsizlik zonasini kengaytirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ukrainadan NATOga qoʻshilishdan voz kechishni xohlayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?