Pulmonolog olim Abdulla Ubaydullayev olamdan oʻtdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi, taniqli pulmonolog olim va akademik Abdulla Muharramovich Ubaydullayev 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Abdulla Muharramovich Ubaydullayev 1934-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. U Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi, Fiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti) pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi bosh pulmonologi boʻlib ishlagan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi.
Abdulla Ubaydullayevning tashabbusi bilan Sobiq ittifoqda birinchilardan boʻlib 1978-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tarkibida Pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi va Respublika pulmonologiya xizmat tashkil etilgan.
Olim respublikada bronx-oʻpka kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, irsiyatning taʼsiri, davolash, uning kelib chiqishida ekologik oʻzgarishlar taʼsirini oʻrgangan. Bu vaqt orasida 6000 dan ortiq pulmonolog va umumiy amaliyot vrachlari malakasini oshirishga hissa qoʻshgan.
U respublikada bronx-oʻpka kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, irsiyatning taʼsiri, davolash, uning kelib chiqishida ekologik oʻzgarishlar taʼsirini oʻrgangan. Bu vaqt orasida mamlakatda 6000 dan ortiq pulmonologlar va umumiy amaliyot shifokorlarining malakasini oshirishda faol qatnashgan.
Ubaydullayev, shuningdek, 25 nafar tibbiyot fanlari doktorlari va 39 nafar fan nomzodlarini yetishtirib, Oʻzbekistonda eʼtiborli pulmonologlar maktabini yaratgan. Akademik 700 dan ortiq ilmiy maqola, ulardan 100 dan ortigʻi chet mamlakatlarda, 20 ta monografiya, 30 dan ortiq vrachlar uchun metodik qoʻllanmalar chop ettirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring