PSJ startni 4 ta gol bilan boshladi, “Bavariya” “Chelsi”ni magʻlub etdi

Kecha, 17-sentyabr kuni UEFA chempionlar ligasida 1-tur oʻyinlari davom ettirildi. Xususan, musobaqaning amaldagi chempioni Fransiyaning PSJ jamoasi oʻz maydonida Italiyaning “Atalanta” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv «parijliklar“ning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunildi. Oʻyinda hisob 3-daqiqadayoq ochildi. Golga PSJning braziliyalik himoyachisi Markinyos mualliflik qildi. 39-daqiqada Xvicha Kvarasxeliya hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi.
Ikkinchi boʻlimning 51-daqiqasida Nuno Mendesh jamoasining uchinchi golini kiritdi. 90+1 daqiqada PSJning portugaliyalik hujumchisi Gonsalo Ramos oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob 4:0.
Bahs yakunlanganidan soʻng “Sofascore” portali PSJ himoyachilari — Nuno Mendeshning oʻyinini 9 ballga, Markinyosning harakatlarini esa 9,1 ballga baholadi.
Maʼlumot uchun, PSJ keyingi oʻyinini 21-sentyabr kuni “Marsel”ga qarshi oʻtkazadi.
Shuningdek, kun doirasida Germaniyaning “Bavariya” jamoasi Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi, Londonning “Chelsi” klubini qabul qildi.
Bahs mezbonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob 20-daqiqada ochildi — “Chelsi” himoyachisi Trevoh Chalobax kutilmaganda oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 27-daqiqa “Chelsi” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Harri Keyn aniq zarba yoʻllab hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Oradan 2 daqiqa oʻtib, “Chelsi” yetakchisi Palmer jamoasining javob golini muvaffaqiyatli urdi. Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida Harri Keyn oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 3:1.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali oʻyinning eng yaxshi futbolchisi Harri Keynning harakatlarini 9,4 ballga baholadi.
Endi “Bavariya” keyingi oʻyinini 20-sentyabr sanasida “Xoffenhaym”ga qarshi oʻtkazadi. “Chelsi” esa oʻsha kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi oʻynaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring