PSJ navbatdagi sovrinni yutish uchun yoʻlga chiqdi

10:26 15 Dekabr 2025 Sport
207 0

17-dekabr kuni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining amaldagi chempioni — Fransiyaning PSJ klubi “Interkontinental kubok” musobaqasining final oʻyinida ishtirok etadi.

Ushbu bahsda Luis Enrike jamoasiga Libertadores chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi — Braziliyaning “Flamengo” jamoasi raqiblik qiladi.

PSJ klubining ushbu oʻyin uchun qaydnomasi eʼlon qilindi:

Darvozabonlar: Safonov, Shevalye, Marin;

Himoyachilar: Beraldo, Markinyos, Zabarniy, Ernandes, Mendesh, Pacho;

Yarimhimoyachilar: Xvicha, Ruis, Due, Vitinya, Li Kan In, Zair-Emeri, Njantu, Mbaye, Nevesh;

Hujumchilar: Ramush, Dembele, Mayulyu, Barkolya.

Maʼlumot uchun, “Interkontinental kubogi” musobaqasi oʻtgan yilgacha “Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati” nomi bilan oʻtkazib kelingan.

2025-yildan esa “Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati” musobaqasi oʻzgacha formatda, yangidan tashkil etilgani bois, hozirda ushbu musobaqa “Interkontinental kubok” nomi ostida oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер