PSJ Interkontinental kubok gʻolibi boʻldi

11:45 18 Dekabr 2025 Sport
386 0

Kecha, 17-dekabr kuni Qatarda tashkil etilgan Interkontinental kubok musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Yevropa chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi Fransiyaning PSJ klubi va Libertadores chempionlar ligasi gʻolibi Braziliyaning “Flamengo” jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi.

Uchrashuvda hisob 38-daqiqada PSJning gruziyalik futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 62-daqiqasida “Flamengo” jamoasi hisobni tenglashtirdi. Kiritilgan golga Jorjinyo mualliflik qildi. Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Penaltilar seriyasida esa xatolar koʻp boʻldi. PSJdan “Oltin toʻp” sohibi Usmon Dembele va Fransiya terma jamoasi aʼzosi Bredli Barkola zarbada adashgan boʻlsa, “Flamengo” klubining toʻrtta zarbasini PSJning rossiyalik posboni Matvey Safonov qaytarishga muvaffaq boʻldi. Seriya 2:1 hisobida Parij klubining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Fransiya 1-divizioni va Yevropa chempionlar ligasi gʻolibligidan soʻng, Interkontinental kubok musobaqasining bosh sovriniga ham ega chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер