Foto: Prokratura departamenti
Oʻzbekistonning bir qator hududlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor, Uchtepa, Yunusobod va Mirobod tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda ushbu hududlardagi “O.T.”, “А.В.”, “Е.В.” va “К.Т.” MCHJlarga qarashli alkogol mahsulotlari savdo doʻkonlarida 33 turdagi jami 1 047 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Uchqoʻrgʻon, Norin va Yangiqoʻrgʻon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “Q.Sh.”, “Ж.И.” va “O`.A.” MCHJlarga qarashli alkogol mahsulotlari savdo doʻkonida 25 turdagi jami 218 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Xoʻjayli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro Ў.С. fuqaro С.Аб.га qoʻlbola usulda tayyorlangan jami 180 dona “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi Chust va Mingbuloq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda esa “N.O.” xususiy korxonasi hamda “M.I.” MCHJga qarashli alkogol mahsulotlari savdo doʻkonlarida 13 turdagi jami 953 dona turli hajmdagi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirida “S.Ch.” MCHJ rahbari О.Ж. savdo doʻkonida jami 576 dona “Qaratau” va “Stolichnaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.
Departamentning Amudaryo tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “X.“ oilaviy korxonasiga qarashli savdo doʻkonidan qoʻlbola usulda tayyorlangan jami 302 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi Departamentning Andijon tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro А.С. fuqaro А.Р.га chet elda ishlab chiqarilgan 5 turdagi jami 52 dona alkogol mahsulotlarini 40,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring