Professor-oʻqituvchilarning akademik hamkorlik samaralari
Shoira Eshboyeva/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan kelgan 60 dan ortiq professor-oʻqituvchi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi universitetlarda oʻtkazgan bir semestr davomida olgan bilim va tajribalarini oʻrtoqlashish uchun Toshkentda yigʻilishdi. Ushbu almashinuv AQSHning Toshkentdagi elchixonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qoʻshma tashabbusi boʻlgan “Fakultet oʻqituvchilarining malakasini oshirish” (FEP) dasturi doirasida moliyalashtirildi. Loyiha Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tomonidan amalga oshirildi.
— Oliy taʼlim sohasida Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlardagi universitetlar oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni oʻrnatilishi nafaqat universitet maʼmuriyati, xodimlar va talabalari uchun ham oʻzaro foydali imkoniyat boʻldi, — deydi AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik. — Amerika va Oʻzbekiston professor-oʻqituvchilari oʻrtasidagi hamkorlik kelgusi yillar davomida har ikki mamlakatda taʼlim va tadqiqot salohiyatini mustahkamlaydi.
Oʻtgan oʻquv yilida AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi universitetlardagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 25 nafar amerikalik ingliz tili oʻqituvchilari hamda koʻplab texnik ekspert va olimlarni taklif qildi.
AQSH universitetlari Oʻzbekistondagi hamkorlari, jumladan, “El yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. 2023-yilda 1000 dan ortiq oʻzbekistonlik yoshlar AQSH universitetlariga oʻqishga kirgani rekord koʻrsatkichdir. Bundan tashqari, amerikalik talabalarni Oʻzbekistondagi universitetlarga qabul qilish va oʻqitish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Oʻzbekistondan tanlab olingan professor-oʻqituvchilar mezbon mamlakat universitetlarining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan doimiy almashinuvni amalga oshirish maqsadida bir semestrni Amerika Qoʻshma Shtatlari universitetida oʻtkazadi. Dasturda qatnashuvchi oʻqituvchilar madaniyat elchilari sifatida jamoatchilik vakillariga Oʻzbekiston va oʻz universitetlari haqida maʼlumot beradi. Amerikalik oʻqituvchilarning shaxsiy mentorlik dasturidan foydalanishdan tashqari, ular bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini ham yoʻlga qoʻyadi. AQSHning avvalgi mezbon institutlari sirasiga Rutgers, Texas A&M universitetlari, Michigan davlat universiteti, Perdyu universiteti, Pensilvaniya davlat universiteti kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring