Professional taʼlimni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish shart — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Avvalambor, professional taʼlimni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish shart, dedi Prezident va bu ishlarni qanday tashkil etishni Angren shahri misolida koʻrsatib berdi.
Angrenda joriy yilda mehnat bozoriga 3 800 nafar yoshlar kirib keladi, shahardagi 535 ta korxonada ishchi kasblar boʻyicha 1 915 ta boʻsh ish oʻrinlari mavjud, investitsiya loyihalari hisobiga joriy yilda yana 2 mingdan ortiq oʻrta boʻgʻin mutaxassislariga ehtiyoj paydo boʻladi.
Yangi tizim orqali 6 ming nafar aholi kasbiy taʼlim bilan qamrab olinadi va manzilli ishga joylashtiriladi.
Yoshlarni kasbga yoʻnaltirishga masʼul boʻlgan psixologlar ishi umuman sezilmayotgani qayd etildi.
Shu bois Xalq taʼlimi vazirligiga:
— oʻz tizimidagi psixologlarni qayta oʻqitish va talabga javob bermaydiganlarini almashtirish;
— 7-11-sinf oʻquvchilarini individual yondashuv asosida kasbiy diagnostikadan oʻtkazish va tavsiyalarini kengashlarga taqdim etish topshirildi.
Shu bilan birga vazirlik oldiga Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish tashxis markazi faoliyatini transformatsiya qilish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring