Professional boks: yana bir WBC kamari Oʻzbekistonda

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida professional boksning WBC yoʻnalishida 55.2 kg vazn toifasida MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari chempionlik kamari uchun jang boʻlib oʻtdi.
Unda Toshkentning “Befit” klubi aʼzosi Islombek Pirmanov ozarbayjonlik Rauf Agayevga qarshi mazkur kamar uchun ringga chiqdi.
10 raundga moʻljallangan jangning ilk raundlarida kuchlar teng holatda koʻrinish olgan boʻlsa, 3-4-raundlar hamyurtimizning katta ustunligi ostida oʻtdi. 5-raundning dastlabki daqiqasida hamyurtimizning kuchli zarbalari ozarbayjonlik bokschini muvozanatdan chiqardi va uchrashuvni texnik nokaut bilan yakunlanishiga olib keldi. Jang yakunida WBC yoʻnalishining MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlari byurosi mutasaddilari Islombekka kamarni taqdim etishdi.
Professional boksdagi faoliyati mobaynida hozircha biron marta magʻlubiyatga uchramagan qoraqalpogʻistonlik Islombek Pirmanovning gʻalabasi sharafiga musobaqada Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.
Ushbu musobaqa doirasida mamlakatimizning bir qator yosh bokschilari reyting janglarini oʻtkazishdi. Ulardan Abduhamid Hakimov, Nuriddin Egamberdiyev, Obidjon Tohirov, Xojiakbar Qodiroxunov, Eldorbek Saidov, Timur Merjanov va Behroʻz Rahmonov gʻoliblikka erishdi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi raisi Isroil Yunusov, boks boʻyicha Olimpiya chempioni Muhammadqodir Abdullayevlar ishtirok etdi.
Chempionlikka erishgan bokschilarga Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi sertifikatlari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring