Prezidentning ikkita maslahatchisi lavozimi birlashtirilmoqda
Foto: Arxiv surat
Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu yangi lavozim avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali tashkil etilgan.
Bunda Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatchi edi) hamda Prezidentning davlat xizmati masalalari boʻyicha maslahatchisi (bungacha vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.
Farmonda bundan maqsad davlat va fuqarolar oʻrtasida hamkorlikning yangi tizimini tashkil etish, davlat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va joylarda muammolar hal etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatish ekanligi qayd etilgan.
Shuningdek, soʻnggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyib, asosan sansalorlik bilan shugʻullanayotgani aholining haqli eʼtirozlarini keltirib chiqarayotgani sababli Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi.
Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlariga taʼsirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha qonunbuzilishlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.
Hududlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va joylardagi vaziyatdan kelib chiqib, tezkor choralar koʻrib borish maqsadida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi tashkil etilayotgan Administratsiya rahbari yordamchilari muvofiqlashtirib boradi va ular bevosita hududlarda oʻz faoliyatini amalga oshiradi. Bunda Administratsiya rahbari yordamchilari shtatlari mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring