Prezidentimiz mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida toʻxtaldi

16:37 18 Dekabr 2023 Siyosat
2045 0

Mashhur brendlar oʻzi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻi bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.

Endi mahsulotlarni faqat oʻzimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi taʼkidlandi.

Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-boʻyoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar boʻyicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bogʻlashi zarurligi aytildi.

Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vyetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida toʻqimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер