Prezident Jamoat xavfsizligi universitetini borib koʻrdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetini borib koʻrdi.
Ushbu maskan malakali kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Oʻquv yurtining asosiy vazifasi chuqur oʻqitish, jangovar va jismoniy tayyorgarlikni oshirish orqali jamoat xavfsizligini samarali tashkil etishga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.


Qayd qilinishicha, universitetga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab talabalar qabul qilingan. Bakalavriatda 15, magistraturada 8 yoʻnalish bor. Bugungi kunda bakalavriatda mingdan ortiq kursant, maxsus yoʻnalish, sirtqi taʼlim va magistraturada yana shuncha yoshlar taʼlim olyapti. Ularga jami 209 nafar oʻqituvchi, professor va fan doktorlari saboq bermoqda.
Soʻnggi yillarda universitetning oʻquv binolari kapital taʼmirlandi. Sport majmuasi va oʻquv-uslubiy situatsion markazi yangidan qurildi. Har biri 300 oʻringa moʻljallangan 6 ta yotoqxona zamonaviy holatga keltirildi. Davlat rahbari ushbu sharoitlarni koʻzdan kechirdi.



Prezident ofitser va talabalar bilan muloqotda dual taʼlimni keng joriy qilish, oʻquv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Universitetning yangi sport majmuasi ham koʻzdan kechirildi. Ikki qavatli majmuada basseyn, trenajyor va krosfit zali, boks, koʻpkurash maydonlari tashkil etilgan. Katta sport zalida gimnastika, mini-futbol, gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi bilan birga balandlik tayyorgarligi va evakuatsiya mashgʻulotlarini oʻtkazish mumkin.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 500 oʻrinli tadbirlar zali, harbiy orkestr jamoasining shugʻullanishi uchun alohida xona, vatanparvarlik muzeyi, psixologik markaz joylashgan. Davlat rahbari ularning ijodiy chiqishlarini kuzatdi.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring