Prezident tanqididan soʻng: Namanganda tuman hokimi konteyner uyga koʻchib oʻtdi
Namangan viloyati Norin tumani hokimi prezident tanqididan keyin mahallada oʻrnatilgan konteyner uyga koʻchib oʻtdi.
16-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi Shoʻrariq mahallasiga tashrif buyurib, bu yerda ogʻir sharoitlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgandi. Davlat rahbari viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovga bu borada topshiriq bergandi. “Bugun qaror qabul qilasan – tuman hokimi kelib mana shu yerda yotadi. Bu yerdagi odamlar odam emasmi?” – degandi davlat rahbari.
Viloyat hokimligi maʼlum qilishicha, mutaxassislar mahallada infratuzilmani yaxshilash va muammolarni hal etish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan. Hududiy hokim boshchiligida barcha ishlarga rahbarlik qilish uchun shtab tuzilgan.
Norin tumani hokimi esa mahalla hududiga oʻrnatilgan konteyner uyga koʻchib oʻtgan.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, bu qadam islohotlarni tezlashtirish, mavjud muammolarni joyida tezkor hal qilish va mahallani obod hududga aylantirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring