Shavkat Mirziyoyev suv xoʻjaligi sohasi mutasaddilarini tanqid qildi

14:10 20 Oktyabr 2023 Siyosat
296 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida suv muammosi kun sayin dolzarb boʻlib borayotgani taʼkidlandi.

Soʻnggi ikki yilda suv xoʻjaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan.

Lekin oʻtgan yili isteʼmol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq oʻzanli kanal va ariqlarda yoʻqolgani koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, yerlarning 70 foizi eski usulda sugʻorilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.

Bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sugʻorish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, oʻz resursini oʻtab boʻlgan.

Davlatimiz rahbari suv xoʻjaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq eʼtiroz bildirdi.

Kanallarni beton qilish orqali yoʻqotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich oʻrnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?