Prezident Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan berdi

16:58 19 Sentyabr 2022 Siyosat
881 0

Foto: Arxiv surat

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Fargʻona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam boʻldi.

Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam boʻldi.

Chetdan kelgan turistlar uchun koʻrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʻlib, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.

Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.

Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.

Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:

— Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;

— Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, oʻzgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?