Prezident Paralimpiyada chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Videodan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qoʻlga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Maʼrufxoʻjayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30-yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratilloxon Maʼrufxoʻjayev yadro uloqtirish bahsida gʻolib boʻldi.
Davlatimiz rahbari ularni qizgʻin tabriklab, mehrli soʻzlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yoʻllab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Paralimpiyachilarimiz tabrik va doimiy eʼtibori uchun Prezidentimizga rahmat aytib, yangi gʻalabalarga erishishga vaʼda berdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring