Prezident Murojaatnomasidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar muhokama qilindi

12:56 08 Yanvar 2026 Jamiyat
363 0

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tashabbusi bilan neft-gaz tarmogʻi korxonalaridan birida Prezidentning parlament va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarni tushuntirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirish masalalari atroflicha tushuntirildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohalar qatori neft-gaz tarmogʻida ham keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoatni mahalliylashtirish va milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan strategik dasturlar muhokama qilindi.

Seminar davomida Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda ushbu yoʻnalishlarda belgilangan ustuvor vazifalar va ularning 2026-yilda amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan yoʻnalishlarning joylarda samarali ijrosini taʼminlashga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?