Prezident muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha qator topshiriqlar berdi

17:51 12 Avgust 2024 Siyosat
309 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mutasaddilarga Buxoroda muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha qator topshiriqlar berdi.

Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi qayd etildi. Bu umumiy isteʼmolning 20 foiziga teng.

Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit oʻtkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.

Buxoroda 200 ming koʻchmas mulk obyektida kamida 3 kilovattli quyosh paneli oʻrnatib, 600 megavatt quvvat yaratish mumkin. Bu bilan viloyat elektr isteʼmolining yana 20 foizi iqtisod boʻladi.

Lekin, hozirgacha 2 ming xonadon va 750 ta tadbirkor panellar oʻrnatgan boʻlsa-da, tarmoqqa berilgan elektr uchun bor-yoʻgʻi 292 tasiga puli toʻlangani tanqid qilindi. Oqibatda panel oʻrnatganlar ragʻbat sezmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga xonadon, mahalla, panel oʻrnatuvchini bir-biriga bogʻlab, aholiga tushuntirish, panel qoʻyganlarga toʻlovlarni oʻz vaqtida tushirish ishlarini tashkil qilib, yil yakunigacha keskin oʻzgarish qilish topshirildi.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.

Soliq qoʻmitasiga quyosh paneli oʻrnatgani uchun yer va mulk soligʻi imtiyozini qoʻllashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.

Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritishga koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер