Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.
Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.
Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar roʻyxatini yuritish, ular koʻtargan har bir masala boʻyicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Har yili Andijondan Qirgʻizistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.
Qoʻrgʻontepa va Xoʻjaobodda ham xuddi Afgʻoniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi taʼkidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.
Xoʻjaoboddagi “Doʻstlik” postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga eʼtibor qaratildi. Masʼul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini oʻrganib, tez fursatda buning yechimi boʻyicha taklif berish vazifasi qoʻyildi.
“Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy” temir yoʻlini qurish boʻyicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.
“Lekin, ichki temir yoʻl tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va oʻtkazishga qanchalik tayyor?”, deya savol qoʻydi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha dastur tayyorlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring