Prezident maktabilariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari “5” boʻlishi lozim
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov Prezident maktablariga 2023/2024 oʻquv yiliga qabul yuzasidan maʼlumot berdi:
Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.
Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.
Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda oʻtkaziladi.
Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida eʼlon qilinadi.
Prezident maktabining kirish imtihonlaridan oʻtgan oʻquvchilar toʻliq bepul taʼlim olishadi.
Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring