Prezident ish oʻrinlarini “soyadan chiqarish” masalasiga toʻxtalib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mahallalarda hokim yordamchisi, soliq inspektori tushuntirish ishlarini olib borishi, manzilli ishlab, kelasi yilda kamida 250 mingta xodimni legallashtirishi muhimligi qayd etildi.
Yaqinda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha imzolangan farmonga muvofiq, xususiy sektordagi ishchilarga ham kasallik va dekret pulini davlat toʻlab beradi.
Bu ham “soyadan chiqib”, rasmiy ishlash uchun katta turtki boʻladigan muhim mexanizm ekani taʼkidlandi.
Shu bois, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va viloyat hokimlariga bu tizimni samarali ishlatib, kelgusi yilda 100 ming, 2027-yilda yana 200 ming ish oʻrnini “soyadan chiqarish” choralarini koʻrish topshirildi.
“Umuman, mahalladagi odamlar qachon pul kelishi, qanaqa oʻzgarishlar boʻlishi, qancha ish oʻrni yaratilib, qancha oilaning daromadi oshishini bilishi kerak”, dedi Prezidentimiz.
Shu bois, mutasaddilarga bu ishlarni nazorat qiladigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.
“2026 yilda loyihaviy yondashuv asosida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish» boʻyicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qoʻyildi.
“Yana bir marta takrorlayman, ulkan maqsadlarni mablagʻi bilan boshlayapmiz. Vazirlar, ularning hududiy boshqarma va boʻlimlari, viloyat va tuman hokimlari, eng asosiysi, «mahalla yettiligi” ishga qattiq kirishmasa, oʻzgarish boʻlmaydi”, dedi davlatimiz rahbari.
Bosh vazirga bugungi topshiriqlarni vazir va hokimlarga 2026-yil uchun samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) sifatida belgilab berish topshirildi.
Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring