Prezident ikki karra Paralimpiya chempioni Bobur Omonovga qoʻngʻiroq qildi
Foto: Videodan kadr
Kecha Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra Paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor boʻlgani hamda 2021-yilda oʻzi oʻrnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija Oʻzbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea boʻlganini qayd etdi. Bu galgi oʻyinlarda ham yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlash yoʻlida unga koʻmakdosh boʻlgan murabbiylari va yaqinlariga rahmat aytdi.
Chempion xalqimiz ishonchini oqlaganidan xursandligini bildirib, terma jamoamizning, shu jumladan oʻzining muvaffaqiyatli chiqishlari Oʻzbekistonda Prezidentimiz rahbarligida sportga qaratilayotgan alohida eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini taʼkidladi.
Fursatdan foydalanib, Prezident kecha sovrindor boʻlgan sportchilarimizni tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarimizga omad tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring