Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni!
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Eʼtiborlisi, vakilimiz ushbu natijasi orqali oʻzi tomonidan 2021-yil Tokioda oʻrnatilgan Paralimpiya oʻyinlari rekordini ham yangiladi.
Maʼlumot uchun, Bobur Omonov bundan avval “Tokio-2020” yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham chempionlikni qoʻlga kiritgandi.
Uning eng yaqin taʼqibchisi germaniyalik Kappel 13,74 metr natija qayd etdi. Shu tariqa oʻzbekistonlik sportchi ikkinchi bor Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring