Prezident Buxorodagi klaster faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, Buxoro shahridagi “Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasida sutni qayta ishlash va qadoqlash yoʻlga qoʻyilgan. 6,2 million dollar investitsiya evaziga qarovsiz maydonda zamonaviy majmua barpo etilib, Italiya va Rossiyadan uskunalar keltirib oʻrnatilgan. 2021-yilda ochilgan korxonada bugungi kunda yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Undan tayyorlanayotgan kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi mahsulotlarning turi qirqtadan ortiq. 150 nafar aholi ish bilan taʼminlangan.
Prezident bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.
Ish koʻlami va daromadning ortishi klaster faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Majmua hududida yangi inshootlar qurildi. Xususan, korxona tizimida yer maydonlari unumdorligini aniqlab beruvchi zamonaviy laboratoriya ishga tushirildi. U Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan, tuproq tarkibidagi qirqdan ortiq, suv tarkibidagi oʻnga yaqin koʻrsatkichlarni aniqlash imkoniga ega.
Buxoro viloyati ekin maydonlarining shoʻrlanganlik darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori. Hosildorlikka erishish uchun tuproq tahlili nihoyatda zarur. Bu laboratoriyada tuproqning kimyoviy tarkibi oʻrganilib, shu orqali oʻsimliklarning mineral va organik oʻgʻitlarga boʻlgan talabi aniqlanadi. Tuproq xossalari, shoʻrlanish darajasi ham chuqur oʻrganiladi. Uning natijalari asosida yerni meʼyorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi.
Bu yerda shakllantirilgan maʼlumotlar korxonaning yana bir loyihasi – “Agro Smart Map Uz” platformasiga yuklab boriladi. Shu maʼlumotlar asosida yer egalari kerakli agrotexnologik tavsiyalar oladi.
Davlatimiz rahbari laboratoriyadagi sharoitlar bilan tanishdi. “Buxoro Agroklaster”ning navbatdagi loyihalari haqida axborot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring