Prezident ayrim tumanlarda yoshlarning bandligini taʼminlash oqsayotganini tanqid qildi
Foto: president.uz
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. Jumladan:
- 130 ming talaba yoshlarga 1,7 trillion soʻm taʼlim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada oʻqishi bepul boʻldi;
- 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga oʻqish uchun kontrakt pullari toʻlandi;
- 81 ming talabaga uy-joy ijara toʻlovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablagʻ toʻlab berildi;
- 13 ming yoshlarga chet tillari boʻyicha sertifikat olish xarajati toʻlab berildi;
- “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard soʻmlik yordam koʻrsatildi.
Shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan, ayrim hokimlar va vazirlar yoshlar masalalari bilan jiddiy shugʻullanmayotgani, ayniqsa Termiz shahri, Chiroqchi, Kasbi, Urgut, Sherobod, Angor, Uzun, Muzrabot, Amudaryo, Dehqonobod, Oltinsoy, Sharof Rashidov, Asaka, Qamashi, Taxiatosh va Peshku tumanlarida yoshlarning bandligini taʼminlash oqsayotgani tanqid qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring