“Pravda Vostoka” gazetasiga yangi bosh muharrir tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida “Pravda Vostoka” gazetasining yangi bosh muharririni tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Salim Doniyorov gazetaga yangi bosh muharrir etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Salim Doniyorov bungacha O‘zbekiston Respublika Prezidenti Apparatida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Salim Doniyorov 1970 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha filolog. U Moskva davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi akademiyaning Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Salim Doniyorov 2001 — 2017 yillarda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, u 2007 — 2017 yillarda “Narodnoye slovo” gazetasi bo‘yicha Bosh muharrirning o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
“Pravda Vostoka” 1917 yildan beri chop etilib kelinayotgan O‘zbekistondagi taniqli nashrlardan biri.
Nashrning muassisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi.
Ma’lumot sifatida aytib o‘tamiz, 2007 yildan beri “Pravda Vostoka” gazetasida Abbosxon Usmonov bosh muharrir bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring