Polsha 45 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

19:33 23 Mart 2022 Dunyo
1440 0

Arxiv surat

Polsha kun oxirigacha 40 nafardan ortiq rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishini eʼlon qiladi. Bu haqda “Onet” oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.

Diplomatlar “Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga qarshi faoliyatlari” tufayli chiqarib yuboriladi. Polsha razvedka xizmatlariga koʻra, ular josuslik bilan shugʻullangan.

Polsha ichki xavfsizlik agentligi rasmiy vakili agentlik mamlakat Tashqi ishlar vazirligi (TIV)ga 45 kishini chiqarib yuborish talabi bilan murojaat qilganini tasdiqladi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Rossiyaning ushbu mamlakatdagi elchisi Sergey Andreyev Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. 

Maʼlum qilinishicha, Rossiyaning Polshadagi diplomatik vakolatxonasida 50 nafardan ortiq diplomat faoliyat olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?