Poytaxtning 5 ta tumani aholisi vaqtincha tabiiy gazdan uzib qoʻyildi

Bugun, 4-iyun kuni taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek, Sergeli hamda Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar bermoqda
Manbaga koʻra, quyidagi hududlarda aholi vaqtincha tabiiy gazsiz qoldiriladi:
- Yunusobod tumani: Matonat MFY (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
- Shayxontohur tumani: Labzak MFY Bahor koʻchasi (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
- Mirzo Ulugʻbek tumani: Mirzo Ulugʻbek, М.Риёзий, С.Машҳадий va Mahtumquli koʻchalari (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
- Sergeli tumani: Sergeli 6a mavzesi, Eshonbuloq MFY Muqanna koʻchasi (soat 11:00 dan 17:00 gacha);
- Yangihayot tumani: Yangi Darxon MFY (soat 14:00 dan 17:00 gacha).
“Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring