Poytaxtimizda koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli boʻldi
Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar, shuningdek, homilador, tugʻruqdagi va tuqqan ayollarni davolashga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda poytaxtimizdagi 3-sonli tugʻruq majmuasining tibbiyot xodimlari ham koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolashda bor tajriba va bilimini ishga solishmoqda. Bu yerda homilador, tugʻruqdagi va tuqqan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashxislash va ularni davolashda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.
Ushbu tibbiyot muassasasida quvonchli voqea yuz berdi. Soʻnggi 10 kun davomida bu yerda davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli boʻldi. Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Toʻgʻrisi, har bir homilador ayol koronavirus infeksiyasi uni ham chetlab oʻtmaganini bilgach, birinchi navbatda, oʻzi emas, balki tugʻilajak farzandi haqida qaygʻuradi. Bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarining mehnati samarasi oʻlaroq, eson-omon dilbandini bagʻriga bosgan onalar bugun oʻzlarini eng baxtli inson, deb his qilayotganlari tabiiydir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring