Poytaxtdagi yana bir koʻchada avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Sultoniya” koʻchasida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan shu yilning 12-yanvar kuniga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanishini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, “Sultoniya” koʻchasiga tutash hududdagi “Shoʻrtepa”, “Shoʻrtepa 1-tor” va “Sultoniya 5-tor” koʻchalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, oʻz avtoulovlari orqali “Buyuk ipak yoʻli” koʻchasidan harakatlanib kirishlari mumkin boʻladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Tez orada qayta rekonstruksiyadan chiqqan zamonaviy yoʻl tuzilmasida harakatlanish imkoniyati yaratiladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring