Poytaxtdagi maktablardan birida 4-sinf oʻquvchilari janjallashdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi 300-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining maktab binosi ichida urishib qolgani tasvirlangan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, holat shu yilning 20-sentyabr kuni sodir boʻlgani aniqlangan.
Jumladan, maktabning 4-sinf oʻquvchisi I.A va sinfdosh oʻgʻil bolalar oʻrtasida darsdan soʻng dahanaki nizo ortidan janjal kelib chiqqan. Maktab maʼmuriyati bu holat yuzasidan hudud profilaktika inspektori va maktabga biriktirilgan inspektor psixologlarga xabar bergan.
Holatni oʻrganish natijasida oʻquvchi I.A bilan janjallashgan oʻquvchilar — I.A va E.J ota-onalari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
“Bu kabi holatlarga qayta yoʻl qoʻymaslik maqsadida ota-onalar bilan yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda maktab direktori va masʼullarga intizomiy chora koʻrildi”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring