Poytaxtda uy-joy ijarasi oʻrtacha 1 mln soʻmni tashkil qiladi

15:50 12 Oktyabr 2022 Jamiyat
1036 0

Foto: Arxiv surat

Jismoniy shaxslar 2022-yil 1-yanvardan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, 2022-yil 1-oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi roʻyxatga olingan.

Mavjud maʼlumotlar tahliliga koʻra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi oʻrtacha oylik 1 mln soʻmdan koʻproqni tashkil qiladi.

Hududlarda ijara haqining oʻrtacha miqdori 630 ming soʻmdan 977 ming soʻmgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obyektlari:

— 2 mln soʻmdan 5 mln soʻmgacha – 3 240 ta;

— 5 mln soʻmdan ortiq – 255 ta.

Soliq solish maqsadida 2022-yilda koʻchmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:

— Toshkent shahrida – 15 500 soʻm;

— Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 soʻm;

— boshqa aholi punktlarida - 4 000 soʻm etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi.

Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?