Poytaxtda tarvuzdan zaharlanish holatlari koʻpaydimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizda tarvuzdan zaharlanish holatlari koʻpayib borayotgani mazmunidagi xabar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Sanepidqoʻmita” Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, hozirgi kunda poytaxtimiz aholisi oʻrtasida tarvuzdan zaharlanish holatlari ketma-ket qayd etilayotgani boʻyicha yuqumli kasalliklar shifoxonasidan tezkor xabarnomalar kelib tushmagan.
“Sanepidqoʻmita” tarmoqlarda tarqalayotgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
“Tekshiruvdan oʻtmagan holda yoʻl yoqalarida sotilayotgan poliz mahsulotlarini xarid qilmasligingiz, faqatgina ishonchli va ruxsat etilgan savdo nuqtalarida, toʻgʻri sharoitda sotilayotgan mahsulotlarni isteʼmol qilishingizni eslatib oʻtamiz”, — deyiladi qoʻmita munosabatida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, poytaxtdagi 4-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 4 yoshli bola tarvuzdan zaharlanib vafot etgandi. Oʻrganishlar natijasida ushbu oilaning 3 nafar farzandida uyda tarvuz isteʼmol qilgandan soʻng ketma-ket qayt qilish, ich ketish, tana harorati koʻtarilishi belgilari kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring