Poytaxtda “MAZ” yuk avtomobili hamda “BYD” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent shahrida “MAZ” yuk avtomobili hamda “BYD” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 15-fevral kuni soat 00:40 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasida haydovchi 1982-yilda tugʻilgan Oʻ.Q. boshqaruvida boʻlgan “MAZ” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib keskin toʻxtagan.
Natijada bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994-yilda tugʻilgan J.M. boshqaruvidagi “BYD” rusumli avtomobilining ustiga “MAZ” yuk avtomobilining bort qismidagi yuki tushib ketib, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur YTH oqibatida tan jarohat olganlar aniqlanmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring