Poytaxt hokimligi shahar aholisini ogohlantirdi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Bugun, 31-oktyabr kuni Toshkentda kuchli shamol kuzatilayotgani munosabati bilan poytaxt hokimligi shahar aholisi va mehmonlarini ogohlantirdi.
Bildirilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi mumkin.
Hokimlik ushbu sharoitda aholidan quyidagi tavsiyalarga alohida eʼtibor berishi soʻragan:
• avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
• koʻchada yurishni cheklang, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanligingiz boʻlsa;
• shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻling.
“Oʻzingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ushbu telefon raqamlariga murojaat qilish aytilgan: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring