Piyoda va velosiped yoʻlkalarida harakatlangan avtomobillar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yoʻlkalaridan, yashil hudud maydonlaridan yurishining oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda yoʻlning qatnov qismiga toʻsiqlar oʻrnatish yoki yoʻllarni toʻsib qoʻyish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga toʻsqinlik qilish holatlariga chek qoʻyish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi yoʻllarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring