Pentagonning Rossiya bilan suhbati, Keniya missiyasi va Makron xavotiri (+video)
Assalomu alaykum, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea va hodisalarning qisqacha sharhi “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalarining tahliliy-informatsion dasturida
Keniya missiyasi: Keniya askar, AQSH esa pul ajratadi
Keniya politsiyasi tartibsizlik va zoʻravonlikni keltirib chiqarayotgan jinoiy guruhlar taʼsiriga qarshi kurashish uchun Gaitiga joʻnab ketdi. Respublika prezidenti Uilyam Ruto 400 nafar askar bilan tantanali xayrlashgan. Mamlakat ushbu harbiylar guruhi ming nafar askarlarning bir qismi ekanligini maʼlum qildi.
Ruto va Qoʻshma Shtatlar ushbu missiya boʻyicha bir necha oy muhokama oʻtkazgan. Uilyam Rutoning aytishicha, bu harakat global birdamlik tarixidagi eng dolzarb, muhim va tarixiy missiyadir. BMT rasmiysi mart oyida Gaitidagi jinoiy guruh zoʻravonliklarini bartaraf etishda yordam berish uchun kamida 5 ming nafar chet el politsiyachi kerak boʻlishini aytgan. AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Qoʻshma Shtatlar qoʻshinlari missiyada qatnashishi har xil talqin qilinishini aytib, 300 million dollar yordam berishga vaʼda bergan.
Shoyguning hibsga olinishiga order berildi
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Federatsiyasi sobiq Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda general Valeriy Gerasimovni harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatda aybladi. Shuningdek, ularni hibsga olish uchun order berilgan.
Sudning 25-iyun kuni eʼlon qilingan bayonotida ushbu shaxslar oʻtgan yilning 10-oktyabridan boshlab Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Ukraina elektr infratuzilmasiga uyushtirilgan raketa zarbalari uchun masʼul boʻlgani qayd etiladi.
Sudning maʼlum qilishicha, Rossiya zarbalari fuqarolik obyektlariga qaratilganligi haqida bir qancha asoslar toʻplangan.
Kreml tomoni esa Ukrainaning energetika infratuzilmasi qonuniy harbiy nishon ekanini aytib, tinch aholi infratuzilmasini oʻqqa tutishni rad etgan.
Sud oʻtgan yili Ukrainadagi voqealar uchun RF prezidenti Vladimir Putinni ham hibsga olish uchun order bergan edi.
Emmanuel Makron nimadan xavotirda?
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron boʻlajak saylovlarda oʻta chap yoki oʻta oʻngning gʻalabasi fuqarolar urushiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Prezident oʻta chap qanot va oʻta oʻng partiyalarini boʻlinish hamda keskinlikni keltirib chiqargani uchun tanqid qilib, bu partiyalarning din, shuningdek, millatga oid siyosati jamoalarni mojaro tomon undashini taxmin qilgan.
Makron oʻz intervyusida oʻta oʻngchilar ishonchsizlik va oʻziga xoslikka eʼtibor qaratayotgani odamlarni oʻz diniga yoki kelib chiqishi bilan bogʻliq konfliktlarni kuchaytirgan. Jan-Lyuk Melanshon boshchiligidagi oʻta chap partiyani esa saylovchilarni jalb qilish uchun milliy boʻlinishni targʻib qilishda, xususan, Isroilning Gʻazodagi harakatlarini tanqid qilishda ayblagan.
Makronning ushbu bayonoti oʻz koalitsiyasining Yevropa Ittifoqi saylovlarida yomon natija koʻrsatganidan keyin yangrashi koʻplab tanqidchilarning eʼtiboriga tushgan.
Ismoil Haniya oilasining 10 aʼzosi halok boʻldi
Isroil askarlarining 3 ta hujumi oqibatida 24 nafar falastinlik halok boʻlgan. HAMAS rahbari Ismoil Haniya oilasining 10 aʼzosi, xususan uning singlisi Zahr Haniya jang qurboni boʻlgan. Fuqarolik mudofaasi agentligi matbuot kotibi Mahmud Basalning AFP axborot agentligiga aytishicha, seshanba kuni ertalab Haniya oilasiga tegishli uy nishonga olingan.
HAMAS guruhi voqeani tasdiqlab, Isroil qirgʻinida AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini javobgar, deb hisoblagan. Guruhning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar ittifoqchisiga siyosiy va harbiy maqsadlarini amalga oshirish uchun vaqt bermoqda.
HAMAS oʻz bayonotida xalqaro hamjamiyat va BMTni jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Haniyaning uch oʻgʻli va toʻrt nabirasi halok boʻlgan edi.
MDH aʼzosining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi koʻrib chiqilmoqda
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova bilan aʼzolik boʻyicha muzokaralarni rasman boshladi.
Lyuksemburgdagi uchrashuvlar muzokaralarning boshlanishi boʻlib, ikki sobiq sovet davlati YI bilan yaqin munosabatlarga kirishganini anglatadi. Bu Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlat uchun ham muhim qadam boʻlib, kelajakdagi yoʻnalishlarni belgilashga yordam beradi.
Vengriya bu kelishuvga rozi boʻlmagan yagona Yevropa Ittifoqi aʼzosi hisoblanadi. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi aʼzolari muzokaralarni boshlashga qarshi emas. Jarayon uzoq va qiyin ketishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi esa ushbu mamlakatlar qonunchiligining YI yurideksiyasiga mos kelish yoki kelmasligidir.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan telefon orqali muloqot qildi
Pentagon maʼlumotiga koʻra, Ostin Belousov bilan Ukrainadagi inqiroz haqida suhbatlashgan. Shuningdek, ular AQSH va Rossiya harbiylari oʻrtasidagi aloqa saqlanib qolishi muhimligini qayd etishgan. Ushbu muloqot tashabbusi Qoʻshma Shtatlar tomonidan tashkillashtirilgan.
Bu Pentagon rahbari Rossiyaning yangi mudofaa vaziri bilan ilk bor aloqa qilishi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring