Pentagon Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berishni maʼqulladi
AQSH Urush vazirligi (Pentagon) Ukrainaga uzoq masofaga moʻljallangan “Tomahawk” qanotli raketalarini yetkazib berishni maʼqulladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarga koʻra, Pentagon bunday yetkazib berish AQSHning oʻzidagi oʻq-dorilar zaxirasiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga kelgan. Biroq yakuniy siyosiy qarorni AQSH prezidenti Donald Trampning oʻzi qabul qiladi.
Avvalroq Tramp AQSH Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini berishi mumkinligini istisno etmagan edi. Biroq 17-oktyabr kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chogʻida u bunday yetkazib berishni maʼqullamasligini bildirgan va:
“Biz mamlakatimiz mudofaasi uchun zarur boʻlgan narsani bermoqchi emasmiz”, — degan edi.
CNNning yozishicha, Pentagon raketalar zaxirasini baholashni va yetkazib berish boʻyicha rozilikni Trampning Zelenskiy bilan uchrashuvidan avvalroq bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring